Qozoğiston prezidenti Qosim Jomart Tokayev mamlakat janubida yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan söng ikki nafar amaldor va politsiya boşliqlarini işdan böşatiş haqida topşiriq berdi. Bu haqda Sputnik Qozoğiston xabar qildi.
“Jambil viloyati Korday tumanida odamlar halokatiga olib voqealardan söng, iş faoliyatda jiddiy kamçiliklar uçun Jambil viloyati hokimining ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari Kurmanbekov va Korday tumani xokimi Baytol egallab turgan lavozimdan ozod etiş haqida topşiriq berildi”, - deyilgan xabarda.
Şuningdek, Jambil viloyati politsiya departamenti boşliği va Korday tumani içki işlar bölimi boşliği işdan böşatiş haqida topşiriq berildi.
Eslatib ötamiz, 7 fevral kuni Jambil viloyati Korday tumani Masança qişloğida ommaviy muştlaşuv boşlangan. Tartibsizliklar oqibatida 10 kişi halok böldi, 40 kişi jarohat oldi. Politsiya 50 kişini qölga oldi.
Öt qöyiş oqibatida 30 ta uy, 15 ta dökon va 23 dona avtomaşiga zarar yetkazildi. Qozoğiston boş vazir örinbosari Berdibek Saparbayev boşçiligida hukumat komissiyasi tuzilib, tekşiruv işlari boşlandi.









