Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Özbekiston Respublikasida arxiv işi va iş yuritişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan eʼlon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Özarxiv” agentligi negizida Özbekiston Respublikasi “Özarxiv” agentligi taşkil etildi.
Belgilanişiça, 2020 yil 1 yanvardan davlat va xöjalik boşqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, şuningdek, mulkçilik şakllaridan qatʼiy nazar korxonalar, muassasalar va taşkilotlar faoliyatida şakllanadigan boşqaruv (iş yuritiş)ga oid, ilmiy-texnikaviy va boşqa hujjatlarning arxiv saqloviga topşirilişida hamda örnatilgan tartibda yöq qilinişida ularning elektron va Milliy arxiv fondining davlatga tegişli qismi hujjatlarining suğurta nusxalari talab etiladi.
Agentlik:
a) 2020 yil 1 iyungaça Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgaça) arxiv hujjatlarini örnatilgan tartibda maxfiylikdan çiqariş böyiça çoralarni köradi;
b) 2020 yil 1 iyungaça Adliya vazirligi hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda quyidagi davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali körsatilişini joriy qiladi:
öqiganlikni tasdiqlaş haqidagi arxiv maʼlumotnomasini beriş;
iş stajini tasdiqlaş haqidagi arxiv maʼlumotnomasini beriş;
iş haqini tasdiqlaş haqidagi arxiv maʼlumotnomasini beriş;
arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabça hujjatlardagi axborotlar böyiça annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab beriş;
arxiv hujjatlari, kitoblar va qölyozmalarni raqamlaştiriş (elektron nusxa oliş);
v) uç oy muddatda:
doimiy saqlovga olinadigan hujjatlar tarkibini optimizatsiya qiliş;
Milliy arxiv fondining davlatga tegişli qismini doimiy saqlaş huquqi berilgan vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va taşkilotlar röyxatini qisqartiriş;
arxiv işi jarayonlarini töliq qamrab oluvçi va interaktiv qidiruv imkoniyatlari mavjud bölgan “Arxiv işi” yagona axborot tizimi yaratiş böyiça Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
g) 2021 yil 1 yanvargaça davlat arxivlarida saqlanayotgan fondlarni xatlovdan ötkazib, ular haqida tegişli maʼlumotlarni qamrab olgan maʼlumotlar bazasini yaratadi.
Belgilanişiça, mazkur bandda körsatilgan arxiv maʼlumotnomalarini beriş böyiça davlat xizmatlari körsatilganligi uçun yiğim undirilmaydi.
Agentlikning 2020 yil 1 yanvardan boşlab arxiv işi sohasidagi davlat xizmatlarini körsatiş muddatlarini qisqartiriş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.









