Namanganda tadbirkorga dökon qurişi uçun yer ajratib beriş evaziga 700 dollar pora söragan mahalla raisi qölga olindi

Namanganda tadbirkorga dökon qurişi uçun yer ajratib beriş evaziga 700 dollar pora söragan mahalla raisi qölga olindi

Namanganda tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagida bölgan fuqaroga yer ajratib beriş uçun 700 dollar pora söragan mahalla raisi uşlandi. Bu haqda «Yoşlar» telekanalining «Yangi davr» informatsion dasturida maʼlum qilindi.

18 yanvar kuni Namangan viloyati IIBga Namangan şahrida yaşovçi fuqarodan ariza tuşgan. Unda yozilişiça, fuqaro 16 yanvar kuni şahardagi mahallalardan birida savdo dökoni qurib, tadbirkorlik qiliş uçun yer maydoni bor-yöqligini biliş maqsadida mahalla raisining oldiga borgan. Rais va uning kotibi mahalla hududidagi avtoyöl bekati hamda dökon quriş uçun möljallangan yer maydonini körsatib, şu yerda dökon qurişi mumkinligini va buning uçun 700 dollar berişi kerakligini aytgan.

Mazkur arizaga asosan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boşqarmasi Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi tomonidan xolis guvohlar iştirokida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida mahalla raisi öz xizmat xonasida fuqarodan 700 dollarni pora sifatida olayotganida uşlangan. Bundan taşqari, 2021 yil 18 yanvar sanasi bilan arizaçi nomiga rasmiylaştirilgan rais va uning örinbosari tomonidan imzolangan ikki nusxadagi dalolatnoma aşyoviy dalil sifatida olingan.

Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.

×