Vazirlik DXX xabarini rad etdi: «Jihodçilar» orasida mahalla raisi bölmagan

Vazirlik DXX xabarini rad etdi: «Jihodçilar» orasida mahalla raisi bölmagan

Qaşqadaryoda «Jihodçilar»ning 12 nafari qölga olingani, ular orasida mahalla fuqarolar yiğini raisi ham borligi haqida xabar berilgan edi. Bu xabarlar DXX matbuot xizmati tomonidan tarqatildi. Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi matbuot xizmati bunga munosabat bildirib, holat tegişli tartibda örganib çiqilganini maʼlum qildi.

Vazirlik xabariga köra, Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumani «Boşçorboğ» fuqarolar yiğinida yaşovçi fuqaro Z.Q.ning xonadonida huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan ötkazilgan tadbirda bir guruh fuqarolar «Jihodçilar» oqimi vakillari sifatida qölga olingan.

Örganişlar davomida uşbu fuqarolar orasida «Boşçorboğ» fuqarolar yiğini raisi M.T. borligi öz isbotini topmagan. Şuningdek, guruh aʼzolari içida fuqaro M.T.ning ukasi, 1975 yilda tuğilgan H.T. bölgani aniqlangan.

«Hozirgi kunda Dehqonobod tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan fuqaro H.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasining 2-qismi bilan örnatilgan tartibda tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur jinoyat işi doirasida «Boşçorboğ» MFY raisi M.T. ayblanuvçi (yoki guvoh) tariqasida jalb etilmagan», — deyiladi xabarda.

Vazirlik, şuningdek, muayyan şaxsga nisbatan böhton yoki tasdiqlanmagan axborotni tarqatişga nisbatan qonunçilikda tegişli javobgarlik belgilab qöyilganini eslatib ötgan.

Avvalroq Özbekiston musulmonlari idorasi ham bu holatga munosabat bildirib, imom noibi deb aytilgan şaxs aslida boşqa kasb egasi ekanini maʼlum qilgandi.

×