Sankt-Peterburgning Frunzenskiy tuman sudi hukumat vakiliga qarşi kuç işlatişda aybdor deb topilgan Özbekiston fuqarosi R.J.ga hukm eʼlon qildi. Bu haqda Piter.TV şahar sudlarining birlaşgan matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Maʼlum bölişiça, 2020 yilning noyabr oyida soat 00:10 dan 02:50 gaça bölgan vaqt oraliğida «Mejdunarodnaya» metro bekati vestibyulida özbekistonlik R.J. mast holda aniqlangan.
Politsiya xodimlari unga murojaat qilib, jamoat joyida mast bölganligi uçun hibsga olişini aytgan. Şu vaqt R.J. politsiyaçilarga hujum qilib, qöl kötargan.
Mast erkak huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining boşi, tanasi va oyoqlariga qöllari bilan bir neça bor zarba bergan, ammo politsiyaçilar tezda R.J.ning qöllarini qayirib, vaqtinça hibsda saqlaş xonasiga olib kirgan.
U yerda R.J. politsiya xodimasini kameraning panjarasiga itarib yuborgan. Ayol tanasi va boşini tösiqqa urib, polga yiqilib tuşgan. R.J. fursatdan foydalanib, yana vestibyulga qarab yugurgan. Erkakning ortidan yetib olgan politsiyaçi uni qayta qölga olgan.
Sudda R.J. aybiga iqror bölib, qilmişiga puşaymon bölgan. Şuningdek, u jabrlanuvçilardan keçirim söragan. Sud bu odam röyxatdan ötmagani, muqaddam sudlanmagani va öz mamlakati tomonidan ijobiy xarakterlanganini hisobga olib, unga nisbatan koloniyada 10 oylik qamoq jazosi va 120 ming rubl miqdoridagi maʼnaviy zararni qoplaş tayinlagan.









