Turkiyada özi bilmagan holda qotilga yordam bergan özbekistonlik qamoqqa olindi

Turkiyada özi bilmagan holda qotilga yordam bergan özbekistonlik qamoqqa olindi

Turkiyada özi bilmagan holda qotilga yordam bergan özbekistonlik qamoqqa olindi, deb xabar bermoqda Boş konsulxona axborot xizmati. 

Keltirilişiça, Istanbul şahrining Maltepa qamoqxonasida “aşyoviy dalillarni yöq qiliş yoki özgartiriş” aybi bilan 33 yoşli Özbekiston fuqarosi D.A. saqlanmoqda. Boş konsulxona xodimlari tomonidan u bilan taşkil qilingan suhbat davomida maʼlum bölişiça, 2023 yilning sentyabr oyi oxirlarida 25 yoşli M.A. undan uyidagi çiqindilarni olib çiqişda yordam söragan. 

Bir neçta poliyetilen xaltalar va qoplar orasida katta gilam ham bölib, D.A. va M.A. uni çiqindixonaga olib borib taşlagan. Biroq, D.A. gilam noodatiy tarzda oğir ekanini payqab qolib, M.A.dan gilamning içida nima borligini söraganida M.A. gilam içida turli çiqindilar bor, deb javob bergan va darhol voqea joyidan qoçib ketgan. 

Keyinçalik uşbu gilam içida Turkiya fuqarosining jasadi bölgani aniqlanib, har ikkala vatandoşlar politsiya tomonidan qölga olingan. Hozirda M.A. “qasddan odam öldiriş”, D.A. esa “aşyoviy dalillarni yöq qiliş yoki özgartiriş” aybi bilan tergovga jalb etilgan. 

Hozirda fuqaro D.A.ga konsullik-huquqiy yordam körsatilmoqda. Fuqaro M.A. esa konsullik-huquqiy yordamdan voz keçib, Boş konsulxona xodimlari bilan uçraşişdan boş tortmoqda. 

“Har holda, bu fuqaro M.A.ning begunoh bir inson hayotining ostun-ustun bölib ketişiga sabab bölgan nomaqbul qilmişi uçun puşaymonligidan darak bölsa kerak.

Hurmatli vatandoşlar, har qanday vaziyatda, ayniqsa, xorijiy mamlakatlarda dastavval holatni çuqur örganib, söngra qaror qabul qilişni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.

×