Namangan şahar IIB sobiq profilaktika inspektori S.O. boşqa fuqarolarning nomiga olingan jami 81,4 mln. söm kredit mablağlarini talon-toroj qilganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 209-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Gumonlanuvçi turli bahonalar bilan tergovga kelişdan boş tortib, yaşiringanligi sababli unga nisbatan sirtdan ayb eʼlon qilinib, 13 noyabr kuni sudning ajrimi bilan «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasi qöllanilgan va unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 14 noyabr kuni ayblanuvçi uşlanib, himoya huquqlari taʼminlangan holda tergovga jalb qilingan.
Eslatib ötamiz, bir neça kun avval uşbu xodimning vazir Bobojonovga videomurojaati eʼlon qilingandi. Unda murojaatçi Namangan şahar IIB, 2-sonli IIB da sodir bölayotgan noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan şikoyat qilgan.









