Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğistonning markaziy gazetalari – “Yegemen Qazaqstan” va “Kazaxstanskaya pravda”ga intervyu berdi.
Suhbatda Şavkat Mirziyoyevning bugungi Özbekiston taraqqiyoti, ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda Markaziy Osiyodagi hamkorlikka doir fikrlari bayon etilgan.
Maʼlumot uçun, Şavkat Mirziyoyev 5-6 dekabr kunlari Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayevning taklifiga binoan davlat taşrifi bilan Qozoğistonda böladi.
Taşrif davomida Nur-Sulton şahrida oliy darajadagi uçraşuv va muzokaralar bölib ötadi, ularda birodar ikki xalq örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş yöllari körib çiqiladi.
Siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, eng avvalo, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy aloqalar va aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş, şuningdek, madaniy-gumanitar almaşinuv dasturlarini faollaştirişning dolzarb masalalari ham kun tartibiga kiritilgan.
Sammit yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar töplamini imzolaş rejalaştirilgan.
Taşrif arafasida Nur-Sultonda ikki mamlakat yetakçi kompaniya va tadbirkorlari iştirokida biznes-forum ham ötkaziladi.









