Farğonada koronavirusga çalinganlar 97 nafarga yetdi. Bemorlar orasida hamşiralar ham bor

Farğonada koronavirusga çalinganlar 97 nafarga yetdi. Bemorlar orasida hamşiralar ham bor

Farğona viloyatida koronavirusga çalinganlar soni 97 kişiga yetdi. Infektsiyani yuqtirib olganlar orasida ikki nafar hamşira ham bor, deya xabar beradi «Daryo» muxbiri.

2020 yil 19 aprel holatiga köra, viloyatda koronavirus infektsiyasini yuqtirib olganlar soni 11 kişiga oşgan.

Koronavirusga çaliniş bilan boğliq holatlarning 79 tasi Turkiyadan çarter reys bilan Farğonaga kelgan va Oltiariq tumanidagi «Qiziltepa» sihatgohida karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Odiljon Umarovning maʼlum qilişiça, bemorlarga tibbiy yordam körsatiş vaqtida ikki nafar hamşira ham koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan.

«Hozirda viloyatimizda koronavirusga çalinganlar orasida öta oğir ahvoldagi bemorlar yöq, ularning umumiy ahvoli yaxşi. Barça bemorlarda xalqaro standartlar asosida muolajalar olib borilmoqda. Infektsiyaga çalingan ikki nafar örta tibbiyot xodimi ham tuzaliş arafasida», — deydi viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Odiljon Umarov.

Farğonada şu kungaça koronavirus infektsiyasiga çalingan bemorlarning olti nafari butunlay soğayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda 20 aprel soat 14:30 holatiga köra, koronavirusni yuqtirib olganlar soni 1582nafarni taşkil etmoqda. 15 martdan buyon koronavirusga çalingan bemorlarning beş nafari vafot etdi, 261 nafari esa soğayib, reabilitatsiyaga olingan.

×