Özbekistonda koronavirusga çalinganlar soni olti nafarga yetdi.

Özbekistonda koronavirusga çalinganlar soni olti nafarga yetdi.

Ularning beş nafari bir oila vakillari

Özbekistonda koronavirusga çalingan fuqarolar soni olti nafarga yetdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Özbekistonda 15 mart, yakşanba kuni koronavirusga çaliniş bilan boğliq ilk holat qayd etilgan edi. Virus 11 mart kuni Frantsiyadan qaytgan ayolda aniqlangan edi. Keyinroq, 16 martga ötar keçasi COVID-19 koronavirus kasalligini yuqtirgan fuqarolar soni yana uç nafarga köpaygani maʼlum böldi.

Ulardan biri 15 mart kuni tongda Istanbuldan qaytgan erkak bölsa, qolgan ikki nafari birinçi bemor — 11 mart kuni Frantsiyadan qaytgan ayolning öğli va qizi ekani maʼlum qilingan edi. Maʼlum qilişlariça, ayni paytda uşbu fuqaroning turmuş örtoği va nevarasida ham koronavirus infektsiyasi qayd etilgan.

«Bemorlar bilan muloqotda bölganlarning röyxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat örnatildi. Hozirda şifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar böyiça davolaş va epidemiologik suriştiruv işlari davom ettirilmoqda», — deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi axborotida.

×