Özbekistonda koronavirus infektsiyasini yuqtirib olganlar soni 33 nafarga yetdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar bermoqda.
«Koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölgan yaqinlaridan 9 nafarida koronavirus infektsiyasi aniqlangan», — deyiladi vazirlik axborotida, biroq yangi bemorlar kasallangani avval aniqlanganlardan kimlarning yaqinlari ekani maʼlum qilinmagan.
Şuningdek, xorijdan kelgan yana bir nafar fuqaroda ham uşbu infektsiya borligi tasdiqlangan. Biroq Soğliqni saqlaş vazirligi axborotida bu fuqaro qaçon, qayerdan kelganiga, u bilan birga neça nafar yölovçi bölganiga aniqlik kiritmagan.
Soğliqni saqlaş vazirligidan qöşimça qilişlariça, «infektsiya tarqalib ketişining oldini oliş maqsadida olib borilayotgan epidemiologik suriştiruv işlari davom ettirilmoqda».









