Maktablarda remont uçun pul yiğilişi töğrimi?

Maktablarda remont uçun pul yiğilişi töğrimi?

Maktablarda pul yiğilişi töğrimi? Metallolom va hokazo uçun bir yilda ança-munça summa berib qöyiladi. Heç bir mezonlarda körsatilmagan va heç qayerda qayd qilinmaydigan uşbu mablağlarni ota-onalardan talab qiliş qonuniymi? Şunday şaroitda fuqarolar qanday yöl tutişlari kerak? Uşbu savollarga Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali javob beradi.

Savol: Maktab öquvçilar va öqituvçilardan taʼmirlaş uçun pul talab qilişga haqlimi? Öquvçilardan 30 000 söm yiğib olinyapti. Yana ota-onalarning ayrimlari köngilli ravişda homiylik yordami sifatida quriliş mollari ham keltirib beryaptilar. Bu yiğilgan pullar maktabning hisob raqamiga ötkaziladimi yoki maktab rahbarlarinng çöntagiga borib tuşadimi?

Maktablar va boşqa taʼlim muassasalari tomonidan taʼmirlaş uçun öquvçi va öqituvçilardan pul yiğilişi noqonuniy hisoblanadi.

Konstitutsiyaning 41-moddasida har kim bilim oliş huquqiga egaligi va bepul umumiy taʼlim davlat tomonidan kafolatlanişi belgilangan.

Ayrim ota-onalar bu pulni oğrinmay bersa-da, köpçilikda norozilik tuğiladi. Lekin atrofdagilarning bosimi va farzandiga öqituvçining munosabati özgarmasmikan degan öy bilan ota-onalar uşbu asossiz tölovlarga rozi böladi.

«Taʼlim töğrisida»gi Qonunda jinsi, tili, yoşi, irqiy, milliy mansubligi, eʼtiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib çiqişi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, Özbekiston hududida qança vaqt yaşayotganidan qatʼi nazar, har kimga bilim olişda teng huquqlar kafolatlanişi belgilangan.

Aslida maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş uçun byudjetdan pul mablağlari ajratiladi. Prezidentning 2018 yil 5 sentyabrdagi qaroriga muvofiq Xalq taʼlimini rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etilgan.

Mazkur jamğarmaning asosiy vazifalaridan biri umumtaʼlim muassasalarini quriş, rekonstruktsiya qiliş va kapital taʼmirlaş, şu jumladan zarurat bölganda öquv korpuslarini öquv ustaxonalari va laboratoriyalar taşkil etgan holda kengaytiriş, sport zallari va maydonçalarini hamda boşqa infratuzilma obʼektlarini barpo etiş böyiça işlarni moliyalaştiriş hisoblanadi.

Umumiy örta taʼlim töğrisida nizomga muvofiq, maktablar faoliyatini moliyalaştiriş tegişli xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oşiriladi.

«Özbekiston Respublikasida umumiy örta taʼlimni taşkil etiş töğrisida»gi 1998 yil 13 mayda qabul qilingan Hukumat qaroriga muvofiq Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari har yili 1 avgustga qadar maktablar moddiy-texnika bazasini tayyorlaşni, öquvçilar uçun zarur sanitariya-maişiy va ijtimoiy şaroitlar yaratilişini taʼminlaşi zarur.

Şunday ekan, ajratilgan mablağlarning öz manziliga töliq yetib borişida nafaqat davlat nazorat organlari, balki jamoatçilik, xususan, ota-onalarning ham huşyorligi va masalaga masʼuliyat bilan yondaşuvi talab etiladi. Pul söralganda asos talab qiliş, ajratilayotgan mablağlar qayerga ketayotgani bilan qiziqiş, zarur örinlarda tegişli organlarga murojaat qiliş orqali ota-onalar jamoasi mazkur maişiy korruptsiyaga qarşi qonuniy yöl bilan kuraşişlari va uşbu illatga uzil-kesil barham berilişiga hissa qöşişlari mumkin.

×