Özbekistonda koronavirusga qarşi çora-tadbirlar doirasida qator şaharlar yopilib, nazorat postlari örnatildi. Ularga qöriqlaş uçun qurolli harbiylar joylaştirildi.
Postlarda qurolli askarlarning turişi aholi orasida vahimaga sabab bölib, “bizda uruş bölmayaptiku, nega postlarda qurollangan harbiylar turişibdi?” degan savollar paydo böldi.
Bu savolga Içki işlar vazirligi Matbuot kotibi Şohruh Ğiyosov javob berdi.
“Uşbu zarurat, respublikamiz hududida koronavirus pandemiyasi tarqalişi bilan boğliq vaziyatda avvalo, aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini taʼminlaş va mazkur kasallikning mamlakatimiz böylab keng tarqalib ketişini oldini oliş hamda nazoratdan çiqmaslikni taʼminlaş maqsadida belgilangan çora-tadbirlardan biridir.
Bu holatni normal qabul qilişni hamda belgilangan tartib-qoidalarga töliq rioya etgan holda, özingiz va oilangiz xavfsizligi nuqtai nazaridan yondaşişingizni maslahat bergan bölardik”, dedi Ğiyosov.
Avvalroq, Özbekistonga koronavirus infektsiyasini kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq kuçaytirilgan karantin çoralari 10 mayga qadar uzaytirilgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirusni yuqtirib oliş bilan boğliq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgaça koronavirus yuqtirganlar soni 1565 nafarga yetdi. Bugungaça kasallanganlarning 225 nafari davolangan, 5 nafari vafot etgan.
Qadrli yurtdoşlar, karantin davrida zarurat bölmasa, köçaga çiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida ötkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
Qalampir.uz Sunnatilla Abdullayev









