Maktablardagi “Sönggi qönğiroq” tadbirlarida xavfsizlikni taʼminlaş maqsadida huquq-tartibot xodimlari va harbiy xizmatçilar jalb etiladi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 24 may kuni ertalabki soat 8:00 dan 10:00 ga qadar respublikadagi 10 mingdan ortiq maktablarda “Sönggi qönğiroq” bayrami nişonlanadi. Uşbu taʼlim muassasalaridagi tadbirlarda 1-sinf, 9-sinf, 11-sinf bölgan jami 2 milliondan ortiq bitiruvçilar hamda ota-onalar, murabbiylar va jamoatçilik faollarining iştirok etişi kutilmoqda.
Respublika hududida ötkaziladigan tadbirlarda xavfsizlikni taʼminlaş uçun jami 27 mingdan ortiq Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va harbiy xizmatçilari biriktiriladi. Tadbir ötkaziladigan taʼlim muassasalari tegişli mutasaddi idoralar xodimlari tomonidan töliq tekşiruvdan ötkazilgan va qöriqlaş pultiga ulangan. Video kuzatuv kameralari esa hududiy içki işlar organlarining situatsion markazlariga integratsiya qilingan.
Bundan taşqari, maktablarda öquv yili yakunlanişi munosabati bilan yoşlarning xiyobonlar va istirohat boğlariga hordiq çiqariş uçun kelişi kutilmoqda. Uşbu joylarda xavfsizlikni taʼminlaşga jami 5 mingdan ortiq huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari va harbiy xizmatçilari biriktiriladi.
Hududlardagi bevosita yöl çetida joylaşgan maktablar oldida harakat xavfsizligini taʼminlaş maqsadida yöl-patrul xizmati inspektorlari kuçaytirilgan tartibda xizmat olib boradi va maktablarning joylaşgan joyiga qarab transport vositalarining harakati vaqtinçalik çeklanişi mumkin.
IIV 24 may kuni imkon qadar barçaga jamoat transportida harakatlanişni tavsiya etmoqda. Şuningdek, ota-onalar va kattalardan bitiruvçilarning yarim tungaça istirohat boğlarida yurişi, spirtli içimlik, tamaki mahsulotlari va taqiqlangan moddalarni isteʼmol qilişi, köçalarda guruh-guruh bölib kortejlarda yurişi, avtomaşina, skuter, samokatlarni olib boşqarişi, anhor, kanal va çömiliş havzalarida suzişi, özlarining yonida tiğli kesuvçi, sançuvçi hamda boşqa inson hayoti va soğliği uçun xavfli bölgan buyumlarni olib yurişiga yöl qöymaslikni söramoqda.









