Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus şahrida 2022 yilning 1 iyul kuni soat taxminan 15:00 larda boşlangan töpolon köp ötmay, markaziy dehqon bozori yonidagi namoyişga aylanib ketgani haqida köpçilikning xabari bor.
Ijtimoiy tarmoqlarda qayd etilişiça, şahar köçalari namoyişida minglab odamlar töplangan. Şovqin-suron, ur-sur va tartibbuzarliklar yuzaga kela boşlagan.
Jamoat tartibi buzilişining oldini oliş hamda fuqarolar tomonidan tartibbuzarliklar sodir etilişiga yöl qöymaslik uçun zudlik bilan huquqni muhofaza qiliş organlarining kuç va vositalari jalb etilgan.
Şundan söng, voqeaning ikkinçi kunida Özbekiston prezidenti Nukusda bölgan edi. Prezident Konstitutsiyaning Qoraqalpoğistonga tegişli moddalarini amaldagi tahrirda özgarişsiz qoldiriş zarurligini aytib, 3 iyul kuni yana Nukusga borgandi va videoselektor ötkazgandi.
Davlat rahbarining murojaatidan keyin vaziyat barqarorlaşayotgani maʼlum qilingan edi.
Öşanda Nukus voqealari sabab Özbekistonning barça hududlarida jangovar otryadlar taşkil etilib, osoyiştalikni taʼminlaş maqsadida avtonom respublikaga jönatilgan edi.
Milliy gvardiya Buxoro viloyat boşqarmasining ham qator harbiy xizmatçilari osoyiştalikni taʼminlaşda hissa qöşişgan.
«Xabar.uz» muxbiri şunday harbiy xizmatçilardan biri Feruz Seitmuratov bilan suhbatda bölgan.
«Odamlar soni 10 mingdan oşgan, avtobuslarga joylaştirilgan yarador xizmatçilar ham oğir ahvolda edi. Şundan keyingina maxsus vositalar qöllab, jangovar tartibda saflanişga majbur bölganmiz va odamlarni töxtatişga erişganmiz. Öşanda yovuz kuçlar taʼsiriga tuşib qolgan odamlar bilan muzokaralar olib borişimizga töğri kelgandi. Ammo, yaşirmayman, odamlarga tuşuntiriş juda qiyin keçgandi. Biroq, «Biz ham şu yurtning farzandlarimiz, bizning ham sizningdek ota-onamiz, farzandlarimiz, yaqinlarimiz bor. Hammamizning maqsadimiz bitta – vatan tinçligini saqlaş», dedik. Sözning qudrati, quvvati bor, degan gapga iymon keltirdim. Va amin böldikki, ularning ham qalbida vatan bor, yurt tuşunçasi bor. Töğri qaror qabul qilişdi va tarqalişdi», — dedi Feruz Seitmuratov.
Feruz Seitmuratov söziga köra, şundan söng odamlar tinçlantirilgan va vaziyat önglangan.
Voqeadan bir neça kun ötgaç, namoyişga çiqqan köpçilik odamlar xatolarini tuşunib yetib, tinçlik tarafdori ekanini bildirişgan.
Joriy yilning 9 fevralidan 17 martga qadar Buxoro viloyat sudi binosida, Nukus şahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan, bilib-bilmay namoyişga aralaşib qolgan 39 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işini körib çiqilgan.
Bugun sud hukmi eʼlon qilinadi
Bugun, 17 mart kuni sud yakuni böyiça qaror eʼlon qilinişi arafasida.
Sudlanuvçilarning yaqinlari
«Voqeadan bir neça kun oldin «miting» bölişi haqida gap-sözlar tarqalgandi. Men nima bölarkin, deya qiziqib, Qonlikölga bordim. Olomon şu qadar köp ediki, hayajon va hatto, özim bilmagan vajohatmi, bilib-bilmay, oqimga qöşilib ketdim. Oradan köp ötmay, odamlar xuddi dengiz suvidek toşib ketaverdi. Şundagina bu çiqişlarning noqonuniy namoyiş ekanini anglab yetdim. Özim uyoqdan bu yoqqa yugurib, nima qilayotganimni bilmay qolgandim. Menday sarosimada qolganlar ham son-sanoqsiz edi. Faqatgina jon saqlab qoliş maqsad. Ammo, olomon orasidan çetga çiqib ketiş uçun keç bölgandi. Men ham harbiy kuçlar qurşovida qolgandim... Mana, temir panjara ortidaman. Bolalarimni, oilamni soğindim. Tavba qildim, puşaymonman» — dedi aybdorlardan biri.
Eslatib ötamiz, Nukus voqealarining asosiy «figurant»i – Tajimuratov 16 yilga qamalgandi.
Manba: Xabar.uz









