Bugun, 24 dekabr kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi kiyim-keçak bozorida yonğin sodir böldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Bugun soat 09:10 da “Mergança” MFY hududida joylaşgan “Urgut kiyim-keçak” bozorining 6 ta dökonida yonğin sodir böldi. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boşqarmasidan 6 ta yonğin öçiriş ekipaji zudlik bilan yetib borgan. Yonğin soat 09:27 da qurşab olinib, 10:14 da töliq bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida dökonlarning 100 kv.m maydoni yonib zararlangan. FVV xodimlarining tezkor harakatlari natijasida voqea sodir bölgan joydagi boşqa dökonlarga yonğin ötişining oldi olindi.
Yonğin oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yöq.









