Ilk xuşxabar: Uçta viloyatdan 32 nafar bemor butunlay soğaydi

Ilk xuşxabar: Uçta viloyatdan 32 nafar bemor butunlay soğaydi

Yurtimizning bir yöla uç hududidan: Sirdaryo viloyatidan 8 nafar, Namangan viloyatidan 22 nafar hamda Andijon viloyatidan 2 nafar, jami 32 nafar bemor butunlay soğaydi. 
Sirdaryoda soğayganlarning barçasi Qozoğiston Respublikasidan kelişgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangaç, şifoxonaga yotqizilgan. Ularning 5 nafari Samarqand viloyatidan, 2 nafari Toşkent viloyatidan, 1 nafari esa Sirdaryo viloyatidan. Bemorlarning barçasi erkak bölib, eng yoşi kattasi 44 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 21 yoşda. Ular bugun reabilitatsiyaga kuzatilmoqda. Viloyatda şu paytga qadar 5 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 13 nafarga yetdi.
Namanganda tuzalganlarning barçasi uşbu viloyatdan bölib, koronavirus infektsiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olişgan. Ularning 10 nafari erkak, 12 nafari ayol bölib, eng yoşi kattasi 73 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 7 yoşda. Ular bugun reabilitatsiyaga kuzatildi. Viloyatda şu paytga qadar 137 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 159 nafarga yetdi.
Andijonda darddan foriğ bölganlarning ikkalasi ham (32 yoşli ayol va 28 yoşli erkak) Andijon şahridan bölib, koronavirus infektsiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olişgan. Ular bugun reabilitatsiyaga kuzatildi. Viloyatda şu paytga qadar 133 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 135 nafarga yetdi.
Ayni paytda mamlakatimiz böylab koronavirus infektsiyasidan butunlay soğayganlar 1688 nafarga yetdi.

Soğliqni saqlaş vazirligi 
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

×