Uxanda bemorlarni davolagan şifokorlar Özbekistonga keldi

Uxanda bemorlarni davolagan şifokorlar Özbekistonga keldi

Prezidentimiz taşabbusi bilan xitoylik şifokorlar va tibbiyot mutaxassislaridan iborat 15 kişilik guruh mamlakatimizga taşrif buyurdi.

Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, xitoylik mutaxassislar mamlakatimizda COVID-19ning oldini oliş, nazorat qiliş va davolaşni taşkil etişda yurtimiz tibbiyot xodimlariga yaqindan kömaklaşadi.

Mazkur tibbiy guruh Xitoyning Nançan şahridan (Tszyansi provintsiyasining maʼmuriy markazi) kelişgan bölib, uşbu provintsiya Xubey provintsiyasi bilan çegaradoş (koronavirus tarqalişining epidemik markazi) va tuzalib ketgan bemorlar soni böyiça Xitoyda birinçi örinda turadi.

Tibbiy guruh tarkibiga virusolog, epidemiolog, pulmonolog, terapevt, jarroh va yuqumli kasalliklar böyiça mutaxassislar kiradi. Ular orasida joriy yilning yanvar-fevral oylarida Xitoyda koronavirusga qarşi milliy kuraş doirasida şoşilinç tibbiy yordam körsatiş uçun töğridan-töğri COVID-19ning tarqaliş markaziga – Uxan şahriga va Xubey provintsiyasining boşqa şaharlariga yuborilgan yetakçi klinikalarning tajribali şifokorlari ham bor.

Ayni paytda xitoylik şifokorlar bilan birga, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati nomidan zarur tibbiy buyumlar va dori-darmonlar vositalaridan iborat gumanitar yordam ham olib kelindi.

×