Amerika Qöşma Ştatlari Davlat kotibi Maykl Pompeo 2 fevral kuni rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov, AQŞning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Deniyel Rozenblyum va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.
Ikki kun davom etadigan taşrif davomida AQŞ Davlat kotibi Özbekiston taşqi işlar vaziri bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazişi közda tutilgan. Maykl Pompeo va Abdulaziz Komilov 2018 yil may oyida Vaşington şahrida bölib ötgan oliy darajadagi Özbekiston - AQŞ sammiti doirasida erişilgan kelişuvlar bajarilişining borişini muhokama qiladi, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almaşadi.
Maykl Pompeo ertaga, 3 fevral kuni Toşkentda «Markaziy Osiyo – AQŞ» («C5+1») şaklidagi taşqi işlar vazirlari uçraşuvida iştirok etadi.
U prezident Şavkat Mirziyoyev qabulida ham böladi.









