FIFA Prezidenti Özbekistonga keldi

FIFA Prezidenti Özbekistonga keldi

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino boşçiligidagi delegatsiya 29-30 sentyabr kunlari rasmiy taşrif bilan Özbekistonda böladi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi. 

FIFA delegatsiyasini Özbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikromov hamda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov kutib olgan.


Bildirilişiça, taşrif doirasida Özbekistonda futbolni yanada ommalaştiriş, uning infratuzilmasini rivojlantiriş hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan qator muhim loyihalar va obʼektlar bilan tanişiş rejalaştirilgan.

Şuningdek, Özbekiston futbolini rivojlantiriş, yoş isteʼdodlarni qöllab-quvvatlaş hamda Özbekistonda futbolni yanada taraqqiy ettiriş borasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.


×