Bu yilgi qabul jarayonida eng yoş abituriyent 14 yoşni, eng yoşi katta abituriyent 87 yoşni taşkil etdi.
2019/2020 öquv yili uçun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni röyxatdan ötkaziş yakunlandi.
Davlat test markazi maʼlumotlariga qaraganda, respublika böyiça jami 60 ta oliy taʼlim muassasalari va ularning 30 ta filiallariga kiriş uçun 1 mln. 66 ming 925 nafar abituriyentlar röyxatdan ötkazildi.
Şundan kunduzgi taʼlim şakliga - 718 097 nafar, keçki taʼlim şakliga - 13 821 nafar, sirtqi taʼlim şakliga - 335 007 nafar abituriyent röyxatdan ötdi.
Abituriyentlarni röyxatdan ötkaziş 90 ta oliy taʼlim muassasalarining qabul komissiyalari va 201 ta Davlat xizmatlari markazlarida 4 500 dan ortiq operatorlar tomonidan amalga oşirildi
Bu yilgi qabul jarayonida eng yoş abituriyent 14 yoşni (14 yoş 212 kun), eng yoşi katta abituriyent 87 yoşni (87 yoş 182 kun) taşkil etdi.
Abituriyentlar tomonidan eng köp tanlangan oliy taʼlim muassasasi Samarqand davlat universiteti bölib, bu yerga 74 ming 377 nafar abituriyent hujjat topşirgan. 45 ming 977 nafar abituriyent tanlagan Andijon Davlat universiteti ikkinçi, Qarşi davlat universiteti esa 44 ming 676 nafar abituriyent bilan uçinçi örinda qayd etilgan.
Tanlov körsatkiçi eng yuqori bölgan oliy taʼlim muassasasi (birinçi sifatida tanlangan taʼlim yönalişiga nisbatan, bir öringa) esa Özbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (29,47) böldi.









