Yangi öquv yili uçun OTMlarga hujjat topşiriş boşlandi

Yangi öquv yili uçun OTMlarga hujjat topşiriş boşlandi

2025-2026 öquv yili uçun abituriyentlarni röyxatga oliş bugun, 5 iyun kunidan boşlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholaş agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 2024 yildan boşlab, davlat oliy va professional taʼlim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qiliş böyiça imtihonlar “avval test, söng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda ötkazilişi belgilangan.

Bunda abituriyentlar öz tanloviga köra test sinovi natijasida töplagan balidan kelib çiqib, dastlab oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yönalişlariga, söng professional taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun tanlovda iştirok etadi.

Oliy va professional taʼlim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça kiriş imtihonlari iyul-avgust oylarida ötkaziladi.

Davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqiçda amalga oşiriladi:

1-bosqiçda abituriyentlar har yili 5 iyundan 25 iyunga qadar (25 iyun kuni ham) test sinovi topşiriş uçun röyxatdan ötadi hamda test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topşiriş hududini hamda kiriş imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bölsa, uşbu imtihonni topşiradigan davlat OTMni tanlaydi.

2-bosqiçda abituriyentlar test sinovlari töliq yakunlanganidan söng 15 kun davomida oliy taʼlim muassasasi, bakalavriat taʼlim yönalişi va taʼlim şaklini tanlaydi. Oliy taʼlim muassasasi, bakalavriat taʼlim yönalişi va taʼlim şaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qöyilmaydi.

Professional taʼlim muassasalarida öqiş istagini bildirgan abituriyentlar professional taʼlim muassasasini, kasb va mutaxassislikni hamda taʼlim şaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan söng 10 kun muddatda tanlaydi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali röyxatdan ötişlari mumkin. Bunda saytga kirgaç, “Oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul” bölimini tanlaş kerak.


Teglar:
×