Qirğiziston Turkiya bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlik böyiça hujjatni qabul qildi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar va Qirğiziston Mudofaa vaziri general-mayor Baktibek Bekbolotov keça, 1 mart kuni Anqarada “Harbiy va harbiy-texnik hamkorlik böyiça yöl xaritasi”ni imzolaganlar.
Akar va Bekbolotov örtasida yakkama-yakka, söng delegatsiyalar iştirokida uçraşuvi bölib ötdi.

Mudofaa vazirliklari rahbarlari qöşma matbuot anjumani ötkazgan.
Akar öz nutqida Turkiya va Qirğiziston örtasidagi muştarak qadriyatlar, madaniy va tarixiy aloqalarga eʼtibor qaratgan.
“Qirğiziston barqarorligi va xavfsizligi Turkiya uçun ham, butun mintaqa uçun ham juda muhim. Mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlar qardoşlik asosida jadal, har tomonlama rivojlanib bormoqda. “Yöl xaritasi”da Turkiya va Qirğiziston rahbarlari 2021 yil iyun oyida Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşi yiğilişida eʼlon qilgan mudofaa va xavfsizlik sohasidagi aniq qadamlarni belgilab berdik. Turkiya qirğiz birodarlar bilan texnik va maslahat masalalari böyiça hamma narsani baham körişga tayyor”, degan Akar.
Uning sözlariga köra, Turkiya Qirğiziston Qurolli kuçlari qudratiga hissa qöşişga tayyor.
Akar, şuningdek, mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni rivojlantiriş muhimligini qayd etgan.









