Namangan viloyatining Pop tumanida maxsus karantin hududi va şifoxona qurilişi boşlandi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Buning uçun tumanning Ğurumsaroy qişloğidan 16 gektar yer ajratildi. Karantin hududi 1200, şifoxona esa 150 öringa möljallangan.

Bu yerda şifokorlar uçun xonalar, jarrohlik, jonlantiriş bölimlari, muolaja xonalari, tibbiyot bölimlari, laboratoriya va dorixona barpo etiladi.

Ventilyatsiya, tibbiy kislorod yetkazib beriş, kommunikatsiya tizimlari işga tuşiriladi.

Eng zamonaviy tibbiy laboratoriya va davolaş uskunalari keltiriladi.

Viloyat quriliş boş boşqarmasi boşliği Saidahmad Sultonovga köra, mazkur obʼektda maxsus ştab taşkil etilgan bölib, quriliş maydoniga elektr, gaz, suv tarmoqlarini tortiş işlari olib borilmoqda.

Obʼektni loyihalaşda Xitoy va Janubiy Koreya tajribasi örganildi. Karantin hududi maxsus konteynerlar, şifoxona esa energiya tejamkor yengil konstruksiyalar asosida barpo etilmoqda.

Qurilişga 200 nafarga yaqin işçi-mutaxassis va 50 ta texnika jalb etildi. Ikki smenada iş taşkil etilgan.

Karantin hududi 10 kun içida qurib bitkazilişi közda tutilgan. Şifoxona qurilişi esa bundan köproq vaqt talab etadi.









