Pop tumanida 1200 örinli karantin hududi qurib bitkazildi. Tumanning Ğurumsaroy qişloğidagi mazkur hudud 2,2 gektar maydonda (karantin hududi va şifoxonaning umumiy maydoni 16 gektarni taşkil etadi) barpo etildi. Elektr, suv va kanalizatsiya tarmoqlari tortildi.

Bu yerdagi maxsus konteynerlarning har biri 26 kvadrat metrdan iborat bölib, 12 kvadrat metrli alohida kiriş qismiga ham ega. Xonalar 4 kişiga möljallangan, konditsioner, televizor va duş bilan taʼminlangan.
Endigi asosiy eʼtibor karantin hududi bilan yonma-yon joylaşgan 150 örinli şifoxona qurilişiga qaratilgan.

—Bu yerda muolaja xonalari, tibbiyot bölimlari, oşxona, laboratoriya va dorixona barpo etiladi. Hozirda 270 nafar muhandis va quruvçi, 20 dan ortiq texnika bilan ikki smenada iş taşkil etilgan. Maqsad tez kunlarda uşbu obʼektni ham foydalanişga topşirişdan iborat, — deydi quriliş işlarini olib borayotgan “Sifat kafolat standart servis” quriliş korxonasi rahbari Ahmadjon Mamadaliyev.
Manba : Namangan viloyati xokimligi











