Körşapalak emas: koronavirus insonga qaysi hayvondan ötgani aniqlandi

Körşapalak emas: koronavirus insonga qaysi hayvondan ötgani aniqlandi

Yangi turdagi koronavirus (SARS-CoV-2 ) körşapalaklardan odamga daydi itlar orqali ötgan — Ottava universiteti (Kanada) olimlari şunday xulosaga kelişdi. Tadqiqot tafsilotlari bilan «Molecular Biology and Evolution» jurnalida çiqqan maqola orqali batafsil tanişiş mumkin. Bu haqda "xabar.uz" yozmoqda.

Kanadalik olimlarning fikriça, baʼzida körşapalaklarni yeyişdan ham tap tortmaydigan daydi itlar virusning insonga yuqişida köprik vazifasini bajarib bergan. Itlarning içagiga tuşgan bakteriyalar insonlarda immun javob mavjud bölmagan va keyinçalik ularning öziga ham ötgan virus evolyutsiyasiga turtki bergan bölişi mumkin.

1252 ta tölaqonli koronavirus genomi ustida olib borilgan tadqiqotlar şunday xulosa yasaşga izn beradi, çunki bular orasida «koronaviruslar şohi» — SARS-CoV-2 ga qarindoşlik darajasi 96 foiz mos kelgan körşapalak koronavirusi — BatCoVRaTG13 ham bor.

«Sut emizuvçilarda organizmga infektsiya tuşişiga qarşilik körsatuvçi ZAP oqsili mavjud. Ammo, CpG saytlari juda kam miqdorda bölgan virus organizmga hujum qilganida, u işdan çiqadi. SARS-CoV-2ning yaqin qarindoşlarida esa bu saytlar judayam oz miqdorda», — taʼkidlaşmoqda olimlar.

Kanadaliklarni ayni şu «qarindoşlik anʼanalari» qiziqtirib qöydi: itlarning ovqat hazm qiliş tizimini işdan çiqaruvçi koronaviruslardagi CpG darajasi SARS-CoV-2 (odam koronavirusi) va BatCoVRaTG13 (körşapalak koronavirusi)niki bilan bir xil.

Olimlar koronavirus bilan kasallanganlarning aksariyatida ovqat hazm qiliş muammosi paydo bölişiga ham eʼtibor qaratişni söraşmoqda, bu virusning oşqozon-içak tizimi, yaʼni ovqat hazm qiliş tizimiga hujum qilayotganini anglatadi.

×