Xitoyda paydo bölgan yangi 2019-nCoV koronavirusi öçoği hisoblangan Xubey provintsiyasiga qöşni Xunan viloyatida H5N1 parranda grippi tarqalayotgani aniqlandi. Bu haqda Xitoy rasmiylari xabar berdi.
Virus 7 mln odam yaşovçi Şaoyan şahridagi parranda fermalaridan birida qayd etilgan. Uşbu fermada yetiştirilayotgan 7850 dlna broyler-jöjadan 4500 tasi virus bilan kasallangan.
Mahalliy hokimiyat virus tarqalişi oldini oliş maqsadida 17 828 dona parrandani yöq qilgan.
Hozirça uşbu virus odamlarga yuqqani aniqlanmagan.
Maʼlumot uçun, H5N1 virusi ilk bor Gonkongda tarqalgan va undan 6 kişi halok bölgan. Oradan 6 yil ötib, 2003 yilda virus yana tarqalgan. Ikkin safar Xitoy va Gonkongda aniqlangan. 2003-2014 yillar davomida 15 ta mamlakatda uşbu virusdan 392 kişi halok bölgan.
Eslatib ötamiz, 2019 yilning dekabr oyida Xubey provintsiyasining markazi Uxan şahrida yangi turdagi virus tarqaldi. Bugungaça uşbu virus Xitoydan taşqari 26 ta davlatga yetib bordi. Xitoyda virusdan halok bölganlar soni 305 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni dunyo böyiça 14559 nafarga yetdi.
Sunnatilla Abdullayev









