XXRning Xubei viloyatida qurbonlar soni 2345 gaça yetdi, 20659 kişi tuzaldi.
Töqqizta davlat olimlari, ular içida AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya va Niderlandiya, koronavirusning yangi turi sunʼiy ravişda yaratilganligi haqidagi miş-mişlarni va fitna nazariyasini qoralaşdi.
Biz COVID-19 ğayritabiiy kelib çiqişga ekanligi töğrisidagi fitna nazariyalarini keskin qoralaş uçun birlaşdik. Bir qator mamlakatlar olimlari koronavirus 2 ning ötkir oğir nafas oliş sindromini (SARS-CoV-2) kasallikning qözğatuvçi genomi naşr etdi va tahlil qildi va ularning köplari koronavirus köplab boşqa patogenlar kabi, tabiatda paydo bölgan degan xulosaga kelişdi”, deyilgan olimlar murojaatida, u Lancet tibbiyot jurnalida çop etildi.
Murojaatni tibbiyot sohasida faoliyat yurituvçi 27 ta, xususan AQŞ, Germaniya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Malayziya, Italiya, Avstraliya va Xitoyning taniqli olimlari imzolaşdi. Xususan, Wellcome Trust Britaniya xayriya jamğarmasi direktori Jeremi Farrar, AQŞdagi yuqumli kasalliklar milliy markazining sobiq direktori Jim Xyuz va AQŞ Milliy ilmiy jamğarmasining sobiq rahbari Rita Koluyell imzo çekişdi. Ilgariroq, Janubiy Xitoy qişloq xöjaligi universiteti va Guangdundagi zamonaviy qişloq xöjaligi laboratoriyasida bir guruh olimlar tadqiqot ötkazib, pangolinlar koronavirusning yangi turiga oraliq egasi bölişi mumkinligini aniqlaşgan. Keyinçalik, Xitoy Fan va texnologiyalar vazirligining ilmiy-texnik rivojlaniş bölimi boşliği U Yuanbin körşapalaklar koronavirusning asosiy manbasi degan fikr bildirgan. COVID-19 2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati JSSTga mamlakatning markaziy qismida (Xubey) Uxan şahrida nomaʼlum pnevmoniya tarqalgani haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qözğatuvçisini aniqladilar - bu yangi koronavirus. JSST bu kasallikni xalqaro ahamiyatga ega bölgan favqulodda holat deb tan oldi va bu kasallikka rasmiy nom - COVID-19 berdi. XXRning Xubei viloyatida qurbonlar soni 2345 gaça yetdi, 20659 kişi tuzaldi, 76 mingdan ortiq kişi kasallandi.
Manba: Effect.uz









