Adliya vazirligi Respublika maxsus komissiyasi va Maxsus ştabning 2020 yil 14 apreldagi qöşma yiğilişi qaroriga asosan, koronavirus infektsiyasi keng tarqalişining oldini oliş va eʼlon qilingan karantin talablariga qatʼiy rioya etilişini taʼminlaşga qaratilgan yangi çoralar belgilanganini xabar qildi.
Qöşma yiğiliş qaroriga asosan quyidagi çoralar belgilanmoqda:
Toşkent, Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlarida joriy etilgan koronavirus infektsiyasi keng tarqalişining oldini oliş böyiça barça çeklovlar Toşkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Çirçiq va Yangiyöl şaharlariga nisbatan ham tatbiq etiladi;
pensioner va nafaqaxörlarning salomatligini saqlaş maqsadida, şuningdek, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyalariga köra, respublikadagi epidemiologik holat barqarorlaşgunga qadar may oyidan pensiya va nafaqalarni töliqligiça plastik kartalarga ötkaziş orqali amalga oşiriş çoralari köriladi. Bunda barça hududlar naqd pul oliş imkonini beruvçi bankomatlar bilan hamda ular naqd pul bilan taʼminlanadi;
naqd pullar saqlanadigan pul omborxonalari va qayta sanaş kassalari haftada 2 marotaba dezinfektsiya qilinadi;
davlat xizmatlari markazlari tomonidan viloyatlararo, Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlarida harakatlaniş uçun berilgan maxsus ruxsatnomalar karantin tugaguniga qadar amal qiladi (bunda maxsus ruxsatnomalarning amal qiliş muddatini uzaytiriş böyiça qöşimça harakatlar talab etilmaydi).
Qöşma qarorda Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi 17-son bayoni bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari harakatlanişiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar röyxatini amaliyotda qöllaş bilan boğliq turli tuşunmovçiliklarning oldini oliş maqsadida quyidagi avtotransport vositalari harakatlanişi uçun maxsus ruxsatnoma talab etilmasligi alohida körsatib ötildi:
- davlat soğliqni saqlaş tizimiga kiruvçi taşkilotlarning xizmat va xodimlarning şaxsiy avtotransport vositalari (1-band);
- xususiy tibbiyot taşkilotlari (xususiy klinika, dorixona va boşqa tibbiyot taşkilotlari)ning xizmat avtotransport vositalari (2-band);
- yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullaniş litsenziyasiga ega bölgan yönalişsiz taksilar (şu jumladan, şaxsiy davlat raqamli avtotransport vositalari) yölovçilarsiz, yetkazib beriş xizmati körsatiş maqsadida (4-band) harakatlanişi uçun maxsus ruxsatnoma (stiker) talab qilinmaydi.
Şuningdek, qöşma qarorda Davlat soliq qömitasiga oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar, şuningdek, birinçi navbatdagi zarur mahsulotlar yetkazib beriş xizmati körsatişda narxlarning asossiz ravişda kötarilişining oldini oliş çoralarini köriş topşirildi.
Qöşma qarorga muvofiq, karantin davrida nogironlik muddati tugaydigan fuqarolarni qayta körikdan ötkazmasdan, nogironlik muddatlari avtomatik tarzda uzaytirilgan holda pensiya (nafaqa) tölovlari davom ettiriladi.
Şuningdek, karantin davrida pensiya va nafaqa (jumladan, dafn marosimi va bola tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa)larga huquqi paydo bölgan fuqarolarga karantin tadbirlari tugagandan keyin 1 oy davomida Pensiya jamğarmasi tuman (şahar) bölimlariga murojaat etiş huquqi taqdim etiladi, bunda ularga pensiya (nafaqa)lar karantin çeklovlari davridagi huquqi paydo bölgan sanadan tayinlanadi.
Bank plastik kartalari va işonçnoma orqali pensiya (nafaqa) olayotgan hamda tayinlangan pensiya (nafaqa)ga bölgan huquqini tasdiqlaş muddati kelgan, şaxsni tasdiqlovçi hujjati (pasport) muddati tugagan fuqarolardan hujjat talab etmasdan, tölov muddatlari 4 oy muddatga uzaytiriladi.
Iqtisodiyot tarmoqlarining muhim yönalişlari va yirik işlab çiqariş taşkilotlarining faoliyatini davom ettiriş, şuningdek, yirik quriliş obʼektlarida quriliş, rekonstruktsiya qiliş va taʼmirlaş işlarini davom ettiriş (boşlaş)ga Respublika maxsus komissiyasining hududiy ştablari rahbarlarining qarori (yiğiliş bayoni)ga muvofiq ruxsat berilişi belgilandi. Bunda uşbu taşkilotlarning faoliyati davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga töliq rioya qilişi, öz faoliyatini faqatgina tegişli obʼekt hududi doirasida taşkil etişi, şuningdek, ularni ovqatlantirişni mazkur obʼekt hududida taşkillaştiriş uçun şaxsiy javobgarlik tegişli xöjalik birlaşmasi rahbari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari zimmasiga yuklanadi.









