2019 yilning 18 iyul kuni soat 16:59da Farğona viloyati Oltiariq tumani “Ğayrat” MFY hududida joylaşgan Gas Refueling MÇJga qaraşli avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasida (AGTKŞ) yonğin sodir bölayotganligi haqida yonğin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tuşgan.
Özbekiston Respublikasi FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi xabarida aytilişiça, voqea joyiga 2 ta yonğin öçiriş bölinmalari 7 daqiqada yetib borgan. Bölinmalarning tezkor harakatlari natijasida yonğin tezda bartaraf etilgan. Yonğin oqibatida şoxobçaning 3-kolonkasi, “Umid-1” xususiy korxonasiga tegişli “Cobalt” rusumli avtomobili töliq yongan hamda şoxobçaning 8 kv.metr maydonda şift qismi yonib zararlangan.

Foto: FVV YOXBB matbuot xizmati
Yonğin öçiriş bölinmasining yetib kelguniga qadar yonğinni öçirişga uringan şoxobça işçisi kuyiş kuyiş tan jarohati olgan.
Yonğinni sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.









