Ijtimoiy tarmoqlarda 4 dekabr kuni «2021 yil 1 yanvardan boşlab transport vositalariga maxsus tovuşli işoralar beruvçi moslama ‘sirena’ yoki yalt-yalt etuvçi çiroq-mayoqça ‘migalka’ örnatiş uçun bir yiliga BXMning 50 foizi (1 431 660 söm) miqdorida pul tölab ruxsatnoma berilişi belgilandi», mazmunidagi xabar tarqaldi.

Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi mazkur xabarni rad etdi va uning asoslanmagan yolğon xabar ekanligini maʼlum qildi.
YHXBB tomonidan qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan «Yöl harakati qoidalari»ning 3-ilovasi (transport vositalaridan foydalanişni taqiqlovçi şartlar) 7.21-bandiga köra, transport vositalari özboşimçalik bilan yalt-yalt etuvçi çiroq-mayoqça va (yoki) maxsus tovuşli işoralar bilan jihozlangan bölsa, yoxud transport vositasining taşqi yuzasida belgilangan talablarga mos kelmaydigan maxsus rangli grafik çizmalar, yozuvlar va belgilar bölsa, bunday transport vositalaridan foydalaniş taqiqlanadi.
«Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 noyabrdagi ‘Avtomototransport vositasi konstruktsiyasini va (yoki) uning qismini özgartiriş bilan boğliq faoliyatni boşlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etiş va avtomototransport vositasini qayta jihozlaşga ruxsatnoma beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida’gi 758-son qarorida transport vositalariga tölov asosida yalt-yalt etuvçi çiroq-mayoqça va (yoki) maxsus tovuşli işoralar örnatiş uçun ruxsatnoma berilişi böyiça maʼlumotlar mavjud emas», — deyiladi YHXBB xabarida.
Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 127-moddasi 2-qismiga köra, tegişli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovuş çiqaruvçi va yorituvçi maxsus qurilmalarni örnatiş, xuddi şuningdek, davlat raqam belgilarini köriş imkoniyatini çeklaydigan, ularni anglaşga tösqinlik qiladigan turli aşyolar örnatiş va qoplama surtiş — ana şu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravaridan uç baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa — uç baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
YHXBB ijtimoiy tarmoqlardagi barça norasmiy sahifalar egalaridan asoslanmagan, yolğon maʼlumotlarni öz sahifalarida eʼlon qilmasligini söragan hamda yolğon maʼlumot tarqatganlik uçun tegişli tartibda javobgarlik mavjudligi haqida ogohlantirgan.









