Ayrim deputatlar bunga qarşi çiqqan.
Qozoğistonda deputat Meyrambek Donenbayev non narxini 500 tengega oşirişni taklif qildi.
Uning fikriça, hozir non narxi juda past va aholi bu mahsulotni qadrlamayapti. Deputat odamlar nonni tez-tez taşlab yuborişidan şikoyat qildi. Donenbayev qişloq xöjaligi mahsulotlari narxining oşişi mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaşini aytdi.
“Şu yöl bilan qişloqlarda farovonlikni yuksaltirişga erişamiz. Odamlar uni sotib olişga qodir. Çunki odatda non çiqindixonalarda yotadi. Kolbasa va göşt mahsulotlari emas, sababi ular qimmat”, — dedi Meyrambek Donenbayev.
Deputatning ayrim hamkasblari uning fikrga qarşi çiqqan.









