Saudiya Arabistoni podşohlik oilasining 150 aʼzosida koronavirus aniqlandi

Saudiya Arabistoni podşohlik oilasining 150 aʼzosida koronavirus aniqlandi

Saudiya Arabistoni podşohlik oilasining 150 aʼzosida koronavirus aniqlandi. Şu munosabat bilan şifoxonada 500 ta örin tayyorlab qöyilgan.

Bu haqda "Kun" naşri xabar bermoqda.

Şu munosabat bilan podşohlik oilasiga xizmat körsatuvçi Podşoh Faysal nomidagi şifoxonada 500 ta VIP-örin tayyorlab qöyilgan. Ayni vaqtda şifoxonaning jonlantiriş bölimida Ar-Riyod gubernatori bölgan şahzodalardan biri joylaştirilgan. 

Taʼkidlanişiça, 84 yoşli podşoh Salmon Qizil dengizdagi orolda joylaşgan saroyida izolyatsiyada böladi. Valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud va vazirlar hozirda izolyatsiyada qolmoqda.

Ayni vaqtda Saudiya Arabistonida koronavirus pandemiyasi sababli yirik şaharlar qatʼiy karantinda qolmoqda. Bu yerda dökonlarga yoki tibbiy yordam uçungina köçaga çiqişga ruxsat berilgan. 

Hozirda podşohlikda koronavirusga çalinganlar soni 3 mingga yaqinni, vafot etganlar soni esa 41 nafarni taşkil qilmoqda.

×