Saudiya Arabistoni koronavirus sababli Umra ziyoratçilarining mamlakatga kirişini vaqtinçalik taqiqladi

Saudiya Arabistoni koronavirus sababli Umra ziyoratçilarining mamlakatga kirişini vaqtinçalik taqiqladi

Saudiya Arabistoni hukumati mamlakat hududida yangi turdagi koronavirus infektsiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida bir qator çoralar kördi. Bu haqda podşohlik Taşqi işlar vazirligi maʼlum qildi.

Xususan, Saudiya hukumati mamlakatga Umra amalini bajariş uçun keladigan ziyoratçilarning mamlakatga kirişini vaqtinçalik taqiqladi.

Bundan taşqari, Saudiyaning «vakolatli soğliqni saqlaş organlari tasnifiga muvofiq koronavirus tarqalişi aniqlangan» mamlakatlardan kelayotgan sayyohlarning podşohlikka kirişiga vaqtinça taqiq qöyilgan.

Mamlakat Taşqi işlar vazirligi bayonotiga köra, Saudiya Arabistoni koronavirusga qarşi kuraş doirasida boşqa mamlakatlar va xalqaro taşkilotlar, ayniqsa, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) körayotgan çoralarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Yangi turdagi koronavirus infektsiyasi 2019 yil dekabr oyi oxiridan Xitoyning Uxan şahrida tarqala boşlagan edi. JSST uni köplab öçoqlarga ega epidemiya deb baholab, xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat deya tan olgan. Hozirda Xitoydan taşqari yana 42 mamlakatda koronavirusni yuqtirib olgan bemorlar aniqlangan.

Xitoyning özida koronavirusni yuqtirib olganlar soni 80 mingga yaqinlaşgan, qurbonlar soni salkam 3 ming kişiga yetgan.

×