Saudiya Arabistoni aviaparvozlarni vaqtinça töxtatdi

Saudiya Arabistoni aviaparvozlarni vaqtinça töxtatdi

Joriy yilning 20 dekabr kuni Saudiya Arabistoni Içki işlar, Soğliqni saqlaş hamda Haj va umra vazirliklari OAV orqali rasmiy bayonot berib, unda Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi mutatsiyasi (SARS-CoV-2)ning mamlakatda tarqalişini oldini oliş çora-tadbirlari yuzasidan aholiga tibbiy gigiyenik maslahatlar berdi. Bu haqda Din işlari böyiça qömita Axborot xizmati xabar bermoqda.

Şuningdek, Saudiya Soğliqni saqlaş vazirligining tavsiyasi asosida aholi soğliğini himoya qiliş hamda qirollik hududida SARS-CoV-2ning  tarqalişining oldini oliş maqsadida quyidagi qatʼiy çora-tadbirlar belgilandi:

  • 2020 yil 21 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00dan boşlab, hozirça 1 hafta muddatga (2021 yil 5 yanvarga qadar çöziş ehtimoli bilan) xalqaro aviaqatnov töliq töxtatilib, quruqlikda qöşni davlatlar bilan çegaralar, Qizil dengiz hamda Fors körfazidagi portlar orqali kiriş-çiqiş punktlari yopilişi belgilandi.
  • 2020 yil 21 dekabr kunidan boşlab, Saudiya Arabistoniga kiriş vizalarini rasmiylaştiriş va çetdan ziyoratçilarni qabul qiliş vaqtinça töxtatiladi.
  • Xorijda yurgan va qirollikka qaytayotgan har bir Saudiya Arabistoni fuqarosi 14 kun muddatga statsionar karantinga olinib, qatʼiy tibbiy kuzatuvga olinadi.
  • Joylarda sönggi 3 oy içida Saudiya Arabistoniga kirgan fuqarolar, çet elliklar va rezidentlar antitanalarga diagnostika qilinadi.

Şuningdek, joylarda banketlar va boşqa ommaviy tadbirlarni ötkazişga yöl qöyilmaydi, ayniqsa aholi gavjum böladigan hududlarda karantin qoidalariga rioya etilişi ustidan nazorat kuçaytiriladi, odamlar ommaviy böladigan obʼektlar (masjidlar, savdo majmualari, bozorlar va h.k.)da ijtimoiy masofani saqlaş va fuqarolarni tibbiy niqobda bölişlarini taʼminlaş talab etiladi.

Saudiya Soğliqni saqlaş vazirligi ayni vaqtda Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari bilan yangi SARS-CoV-2 ştammning tarqalişini örganiş çora-tadbirlarini körayotganligi maʼlum qildi.

×