Saudiya Arabistoni ziyoratçilar va aholini 2024 yilgi Haj mavsumida zarur ruxsatnomalarsiz qatnaşişdan ogohlantirdi. Bu haqda “Gulf News” xabar berdi.
Qayd etilişiça, uşbu tizimning uzluksiz işlaşini taʼminlaş va yuzaga kelişi mumkin bölgan huquqbuzarliklarning oldini oliş maqsadida qattiq jazo çoralari joriy etilgan. Saudiya Arabistoni rasmiylari Pasportlar Boş boşqarmasi bilan hamkorlikda Haj qoidalarini buzgan şaxslarga nisbatan oğir oqibatlarni belgilagan.
Xususan, Haj va Umra vazirligi zarur ruxsatnomalarsiz haj qiliş noqonuniy ekanini va 50 ming Saudiya riali (13 331,63 dollar) miqdorida jarimaga tortilişini maʼlum qildi. Bundan taşqari, tegişli ruxsatnomasiz ziyoratçilarni olib ketayotgan şaxslar ham 50 ming rialgaça (13 331,63 dollar) jarimaga tortiladi.
Bunday qonunbuzarliklarda aybdor deb topilgan çet ellik fuqarolar olti oyga qamoqqa olinadi, keyin Saudiya Arabistonidan deportatsiya qilinadi. Ularga 10 yil davomida mamlakatga qayta kiriş taqiqlanadi.
Bundan taşqari, qoidalarni buzganlar ommaviy axborot vositalari orqali jamoatçilik oldida obrösizlantiriladi.









