Turkiya Respublikasining janubi-şarqidagi Diyorbakir viloyatida Kurdiston işçilar partiyasi (KIP) aʼzolari tomonidan portlaş sodir etildi. Oqibatda beş kişi halok böldi. Bu haqda bugun, 8 aprel kuni viloyat maʼmuriyati xabar bermoqda.
"Bugun, mahalliy vaqt bilan soat 6:30 da Kulp tumanida 5 nafar örmon xizmatçisi bölgan maşina KIP aʼzolari tomonidan örnatilgan bomba işga tuşirilişi oqibatida halok böldi. Bizning xavfsizlik kuçlarimiz aybdorlarni aniqlaş va qölga oliş böyiça operatsiyani boşladi”, deyiladi viloyat xabarida.
Hujum ortidan mintaqaga bir qança harbiylar va tibbiy xodimlar yuborilgan. Viloyatda keng kölamli qidiruv işlari boşlangan.
Maʼlumot uçun, 2015 yil iyul oyidan beri 1000 ga yaqin turk harbiysi va politsiya xodimi, şuningdek, 500 ga yaqin tinç aholi kurd isyonçilarining hujumlari natijasida halok bölgan. Turkiya Mudofaa vazirligining maʼlumotiga köra, uşbu davrda Turkiya xavfsizlik kuçlari 10 mingdan ortiq KIP aʼzosini yöq qilgan.
Qalampir.uz









