Afğonistonda 6,3 magnitudali zilzila sodir böldi. Qurbonlar bor

Afğonistonda 6,3 magnitudali zilzila sodir böldi. Qurbonlar bor

Keça, 15 oktyabr kuni Afğonistonning ğarbiy qismida 6,3 magnitudali zilzila sodir böldi. Favqulodda holat oqibatida ikki kişi halok bölgani, yana 100 dan ortiq odam jiddiy jarohat olgani aytilmoqda. 

AQŞ Geologik xizmati maʼlumotlariga köra, mamlakat hududida bugunning özida 3 ta kuçli zilzila sodir bölgan, sönggi zilzila epimarkazi Hirot şahridan taxminan 34 kilometr uzoqda joylaşgan. 

Hirot viloyatidagi favqulodda yordam guruhi rahbari Muhammad Zohir Nurzayning aytişiça, ikki kişi vafot etgan va 100 dan ortiq odam jarohat olgan. Uning qöşimça qilişiça, qurbonlar soni köpayişi mumkin, çunki qutqaruvçilar hali zararlangan hududlarning barçasiga yetib borişga ulgurmagan.

“Men ilgari bunday vayronagarçilikni körmaganman. Aksariyat uylar şikastlangan, odamlar esa dahşatga tuşgan. Hududdagi boşpanasiz odamlar, asosan ayollar, zilziladan keyin katta çodirda guruh bölib jon saqlamoqda. Köplab köngillilar şifoxonaga qon topşiriş uçun yöl olgan”, deydi ofatdan jabrlangan fuqarolardan biri Said Kozim Rafiqiy.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni Afğoniston ğarbida 6,2 magnitudali zilzila sodir böldi. Zilzila aholisi 272 ming kişi bölgan Hirot şahridan 40 kilometr uzoqlikda sodir bölgan edi. Oqibatda 20 qişloq aholisi jabrlangan, 1983 ta bino vayron bölgan. Tasdiqlangan sönggi maʼlumotlarga köra, 2400 dan ortiq odam halok böldi. 


Teglar:
×