2021 yil 2 fevral kuni Namangan şahrida yaşovçi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda şu kuni soat 13:00 da Namangan şahar «Çorsu» dehqon bozorida joylaşgan hojatxonada egnida bölgan kurtkasini qarovsiz qoldirganligidan foydalangan nomaʼlum şaxs, kurtkaning çöntagidan narxi 160 AQŞ dollari bölgan «Iphone 6S» rusumli uyali telefon apparatini öğirlab ketganligini maʼlum qilib, çora körişni söragan.
Namangan şahar IIO FMB 4-sonli JQB katta tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va suriştiruv harakatlari natijasida uşbu jinoyatni Töraqörğon tumanida yaşovçi, 1981 yilda tuğilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Suriştiruv işlari davomida uşbu şaxs jinoiy harakatlarini davom ettirib, Namangan şahar Çorsu MFY hududida joylaşgan «Xöja Amin» jome masjidiga namoz öqiş uçun kelgan, Namangan şahrida yaşovçi, 1988 yilda tuğilgan fuqaroga tegişli bölgan narxi 600.000 sömlik erkaklar qişki oyoq kiyimini öğrilab ketganligi ham aniqlangan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati uşbu holat böyiça Namangan şahar IIO FMB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilganligini maʼlum qildi.









