Moskvada özining koronavirusga çalinganligini bilgan holda taksistlik qilib yurgan haydovçi qölga olindi, deb xabar qilmoqda "360" telekanali öz manbasiga tayangan holda.Huquqni muhofaza qiliş organlarida aniqlik kiritilişiça, erkak Tojikiston fuqarosi bölgan va Tula viloyatida vaqtinçalik röyxatda turgan. Moskvada esa doimiy istiqomat qilib kelgan.
Politsiyaçilar uning yoşi 35daligini, bunday ism va familiyali odam esa "Yandeks.Taksi" maʼlumotlar bazasida borligini aniqlaganlar.
Politsiya xodimlari uni uyining oldida qölga olgan va tojikistonlik özida koronavirus aniqlanganiga iqror bölgan.
Tibbiyot xodimlari undan töliq soğayguniga qadar uyda qolişni söraşgan, ammo u karantin qoidalarini buzgan.
Erkak maşinadan taksistlik qiliş uçun emas, faqat dökonga boriş uçun foydalanganini aytgan, ammo u qatʼiy izolyatsiya rejimini buzgan.
Politsiyaçilar maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma tuzişgan va şundan söng uni "Tsaritsino"dagi observatsiya markaziga yuborişgan.









