Yalanğoç holda guldasta kötarib yurgan erkak böyiça rasmiy maʼlumot berildi

Yalanğoç holda guldasta kötarib yurgan erkak böyiça rasmiy maʼlumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida bir fuqaro kiyimsiz jamiyat yuriş-turiş qoidalarini buzib yurgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Axborot xizmati rasmiy maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 4 avgust kuni Yunusobod tumani, 11-mavze hududida, 1992 yilda tuğilgan T.A., qölida guldasta bilan yalanğoç holda jamoat joyida harakatlanib, bu xatti-harakati bilan fuqarolarning noroziligini keltirib çiqargan.

Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan ötkazilgan tekşiruv jarayonida fuqaro T.A. Toşkent şahar Ruhiy-asab kasalliklar guruhi şifokori tomonidan körikdan ötkazilgan. Körik natijasida fuqaro T.A.ning ruhiyatida buziliş aniqlanganligi sababli, fuqaro şahar ruhiy-asab kasalliklar şifoxonasiga yuborilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar qöşimça tekşiruv işlari davom ettirilmoqda.

Teglar:
×