Dunyo böyiça koronavirusga çalinganlar soni 1 429 437 nafarni taşkil etmoqda. Hozirga qadar 82 074 bemor vafot etdi. Infektsiyadan 300 767 (keça 277 331) kişi şifo topib, tuzalib ketdi.
Özbekistonda sönggi 24 soat içida koronavirusga çalinganlar 472 nafarni taşkil qilmoqda. 30 kişi butunlay soğaygan bölsa, 2 kişi vafot etdi.

Qozoğistonda uşbu infektsiyadan zararlanganlar soni umumiy hisobda 704 nafarga yetdi. Sönggi 24 soat içida ular soni 7 nafarga köpaygan. Koronavirusdan 6 kişi vafot etgan bölsa, 51 (keça 46) bemor undan şifo topgan.
Argentina Milliy universiteti koronavirus fonida tibbiy niqoblarni 3D-printerlaridan çiqarişni boşladi. OAV maʼlumotiga köra, bitta niqobni tayyorlaşga bir yarim soat vaqt ketadi. Hozirça bunday niqoblardan 720 tasi tayyorlangan. Mamlakatdagi yana 12 ta tibbiyot muassasasida uşbu niqoblarni tayyorlaş yölga qöyiladi.

Xitoy hukumati bir vaqtlan butun dunyo böyiça koronavirus öçoği hisoblanmiş Uxan şahridagi harakatlarga qöyilgan barça çeklovlarni olib taşladi. Şahar 8 yanvardan boşlab – 76 kun izolyatsiyada böldi.
AQŞning Illinoys ştati gubernatori Jey Robert Pritskerning maʼlum qilişiça, koronavirus sabab xavf ostida qolgan 1 100 nafardan ortiq mahbus ozodlikka çiqarilgan. Sönggi 24 soat içida AQŞda virusdan zararlanganlar soni 383 mingga yetdi. 10 021 bemor olamdan ötdi.

Misrning valyuta zaxirasi koronavirus sabab mart oyida 5 milliard dollarga kamaydi. Mamlakat Markaziy bankining maʼlum qilişiça, qolgan zaxira sakkiz oyga yetadi. Bank maʼlumotlariga köra, Misrning xalqaro valyuta zaxiralari mamlakat tarixida birinçi marta rekord darajaga – 45 milliard dollarga yetdi.
Dunyoning boşqa davlatlarida quyidagi holat kuzatilmoqda: Germaniyada 107 ming kişi koronavirusdan zararlandi, şuningdek, 36 ming bemor undan şifo topdi. Frantsiyada esa, mamlakatda infektsiya aniqlanganidan beri, undan vafot etgan soni 10 mingdan oşdi. Ayni paytda mamlakatda virus bilan zararlangan 30 ming atrofida bemor şifoxonalarga yotqizilgan. Ulardan 7,1 minggi jonlantiriş bölimida qolmoqda. Turkiyada sönggi 24 soat içida 7 ming odam virus bilan zararlandi va mamlakat böylab ular soni 34 mingdan oşdi.
Sarvar Anvar öğli









