Eron janubi-ğarbida joylaşgan Çahormahal va Baxtiyoriy viloyatining Lordegon şahrida namoyişlar zöravonlikka aylanib ketdi. Töqnaşuvlar oqibatida ikki kişi halok böldi, 30 ga yaqin kişi jarohatlandi. Bu haqda Eronning «Fars» axborot agentligi xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga köra, şahardagi tartibsizliklar politsiya va namoyişçilar örtasidagi keskin töqnaşuvlarga aylanib ketgan. Hozirda hududda xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan.
Maʼlum qilinişiça, keça, 7 yanvar kuni yuz bergan tartibsizliklar çoğida namoyişçilar politsiya xodimlariga toş ota boşlagan. Namoyişlarda qurollangan şaxslar guruhi ham iştirok etgan bölib, ular huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarata öq uzgan. Töqnaşuvlar davomida bir neçta maʼmuriy binolarga, jumladan, tuman hokimiyati binosiga zarar yetgan.
Eslatib ötamiz, 5 yanvar kuni Eronda davom etayotgan köça namoyişlarida kamida 35 kişi halok bölib, 1200 dan ortiq odam hibsga olingan edi.
Maʼlumot uçun, 2025 yil 29 dekabr kuni Tehron markazida eron riali kursining keskin pasayişi sabab savdogarlar norozilik namoyişlarini boşlagan. Namoyişlarning markazi Islom Respublikasi köçasi bölgan. «Fars» agentligi xabariga köra, norozilik bildirgan tadbirkorlar hamkasblarini ham harakatga qöşilişga çaqirgan.
30 dekabr kuni noroziliklarga Tehron universitetlari talabalari ham qöşilgan. “Mehr” agentligi xabariga köra, 2 yanvar kuni Ilom viloyati köçalarida niqob taqqan, öqotar qurollangan nomaʼlum şaxslar paydo bölgan. Sönggi kunlarda, asosan, ğarbiy viloyatlarda namoyişçilar va huquq-tartibot idoralari örtasidagi qurolli töqnaşuvlar soni oşgani qayd etilmoqda.
4 yanvar kuni kuni Eron politsiyasi rahbari bundan buyon tartibsizliklarni uyuştirayotgan şaxslarga nisbatan qatʼiy çoralar körilişini, ularni aniqlaş va qölga oliş böyiça faol harakatlar olib borilişini maʼlum qilgan. Kiberxavfsizlik va internet infratuzilmasi sohasida faoliyat yurituvçi “Cloudflare” kompaniyasi xabariga köra, bu vaqtda mamlakatda internet segmentidagi trafik vaqtinça çeklangan.









