Biroq kompaniya bu haqida rasmiy maʼlumot bermoqçi emas.
Uşbu ijtimoiy tarmoq oxirgi marta 2018 yilda foydalanuvçilari töğrisidagi maʼlumotlarni oşkor qilgan edi. Öşa vaqt faol foydalanuvçilar soni 1 milliarddan oşgandi.
“vc.ru"ning yozişiça, Meta' xodimlari CNBC ga Instagram'ning faol foydalanuvçilari soni 2 mlrd ga yetganligi haqida maʼlumot bergan. Instagram'di uşbu körsatkiçga 2021 yil oktyabr oyida Facebook' nomini Meta' deb özgartirişdan bir hafta oldin erişilgan.
Instagram' sönggi 2018 yil iyunida berilgan körsatkiçlardan söng faol foydalanuvçilar sonini oşkor etmayapti. Naşr buni Meta'ni odamlarga haddan taşqari taʼsir qilişda ayblagan rasmiylarning eʼtiborini tortmaslik maqsadida, deb baholaydi.
Maʼlumot uçun, 2021 yil sentyabrida WSJ Instagram' algoritmlari va boşqa Meta' loyihalari işi böyiça tekşiruvni eʼlon qildi. Maʼlumotlarga köra, bir guruh tadqiqotçilar uç yil davomida ijtimoiy tarmoq psixikaga qanday taʼsir qilişini örgangan. Şundan söng AQŞ senatorlari Instagram'ning ösmirlarga taʼsiri böyiça tekşiruv ötkazilişini eʼlon qildi.









