AQŞ harbiylari koronavirusga qarşi vaktsina olişdan boş tortdi

AQŞ harbiylari koronavirusga qarşi vaktsina olişdan boş tortdi

AQŞ dengiz piyodalari korpusining ön mingga yaqin harbiy xizmatçisi koronavirusga qarşi emlaşdan boş tortgani uçun xizmatdan çetlatilişi mumkin. Bu haqda The Washington Post naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, dengiz piyodalari orasida emlaş darajasi 94 foizni taşkil etadi, biroq bu raqam AQŞ armiyasidagi eng past körsatkiçlardan biridir. Masalan, Quruqlikdagi qöşinlarda askarlarning 95 foizi COVID vaktsinasining kamida bitta dozasini, dengiz flotida - 99,7 foizi oldi.

Gazetaning yozişiça, immunizatsiya bilan boğliq vaziyat korpus rahbariyatini xavotirga solmoqda, çunki har doim eng qattiq tartib-intizomga ega bölgan dengiz piyodalari buyruqqa böysunmaslikka qaror qilgan.

AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari vaziri Karlos del Toro naşrga maʼlum qilişiça, emlaşdan boş tortişning har bir holati alohida körib çiqiladi, koronavirusga qarşi emlaş muddati tugaydigan kuni heç kim harbiylarni işdan böşatmaydi.

×