Özbekistonga koronavirusga qarşi 5000 dona vaktsina olib kelindi

Özbekistonga koronavirusga qarşi 5000 dona vaktsina olib kelindi

Özbekistonga Xitoy kompaniyasi işlab çiqargan koronavirusga qarşi vaktsinadan 5000 ta olib kelindi. Vaktsinalar hozir maxsus şaroitlarda saqlanyapti. Bu haqda Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Zamon” informatsion dasturiga maʼlum qildi. 

Maʼlum qilinişiça 5000 kişidan iborat köngillilar asosida tuzilgan jamoada bu vaktsina tajribasi ötkaziladi. Bu tadqiqot işi bölgani bois hozirça viloyatlarda emas, faqat Toşkent şahrida ötkazilişi kutilmoqda. 

“Kuni keça Xitoydan Özbekistonga 4 ta mutaxassis keldi. Yana 5 ta xitoylik mutaxassis kutyapmiz. Ular 4 oy davomida Özbekistonda vaktsina sinovlarni qanday ötkazilişini taşkillaştirişda yordam beradi. Avvalo tuşunçaga ega böliş uçun trening darslar taşkil etilişi zarur”, deydi vazir. 

Xabarda keltirilişiça, vazirlik ijtimoiy murojaatlar orqali aholi uçun videoroliklar tayyorlaş harakatida. Hozirda vaktsina sinovi qaysi poliklinikada böladi va undagi şart-şaroitlar qanday, degan savollar juda köplab uçradi. Tez orada vaktsina sinovi qayerda va qanday körinişda bölişi maʼlum qilinada.

Avvalroq, “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniya işlab çiqargan vaktsinaning klinik sinovini ötkaziş rejalaştirilayotgani haqida xabar bergan edik.

×