Amerikalik olimlar Moderna, Pfizer va Johnson&Johnson kompaniyalarining koronavirusga qarşi vaktsinalarining samaradorligini taqqoslaşdi.
AQŞning kasalliklarni nazorat qiliş va ularning oldini oliş markazlari (CDC)ning VISION tarmoği tadqiqotçilari 2021 yilning yoz oylari AQŞning virus “delta-ştamm”i eng keng tarqalgan 9 ta ştatidagi 32 mingdan köproq tibbiy murojaatni tahlil qilib çiqişgan. Olingan natijalarga köra, Moderna vaktsinasi qolgan ikkita vaktsinaga nisbatan “delta-ştamm”ga qarşi eng samarali ekani aniqlangan. Şu bilan birga, barça uçta vaktsina kasallikning oğir keçişi oldini olişda samarali ekani maʼlum bölgan.
Tadqiqotçilar koronavirusga qarşi emlanmagan odamlar emlanganlarga nisbatan 5-7 marta köproq şoşilinç yordam va şifoxonaga yotqizişga muhtoj ekanliklarini aniqlaşgan.
Ular vaktsinalarning 18 yoşdan kattalarga taʼsirini örganib çiqişgan.
Aniqlanişiça, Moderna vaktsinasi kasallanganlarni şifoxonaga yotqiziş holatlarining oldini olişda 95 foizga, Pfizer vaktsinasi 80 foizga, Johnson & Johnson vaktsinasi esa 60 foizga samarali ekan.
Şuningdek, Moderna vaktsinasi şoşilinç tibbiy yordam holatlarining oldini olişda 92 foiz, Pfizer vaktsinasi 77 foiz va Johnson & Johnson vaktsinasi 65 foiz samarador ekani aniqlangan.
Tadqiqot vaktsinalar taʼsiri kuçi 75 yoşdan kattalar uçun pasayişini körsatgan.
“Vaktsinalarning samaradorligidagi tavofutlarga qaramasdan, ular emlanganlarda emlanmaganlarga qaraganda köproq himoyani taʼminlaydi. Emlangandan keyin ham kasallikka çaliniş holatlari uçrasa-da, maʼlumotlar bunda kasallik alomatlari kamroq darajada jiddiy bölişini körsatmoqda. Koronavirus oqibatida şifoxonaga tuşiş va ölim holatlaridan aksariyati hamon emlanmaganlar hissasiga töğri kelmoqda. Koronavirusga qarşi vaktsinalar pandemiyaga qarşi kuraşda kuçli vositalar hisoblanadi”, deb taʼkidlab ötgan tadqiqot muallifi Şon Grannis.









