Samarqandlik fuqaro poliklinikaga murojaat qildi va unda koronavirus aniqlandi

Samarqandlik fuqaro poliklinikaga murojaat qildi va unda koronavirus aniqlandi

Samarqand viloyatida ilk bor koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemor aniqlandi. Samarqand viloyatida yaşovçi fuqaro tomoq oğrişi va tana haroratining kötarilişi bilan yaşaş hududidagi poliklinikaga murojaat qilgan. Bu haqda viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Vraç-infektsionist körigida bölgan bemorning tana harorati kötarilganligi sababli zudlik bilan izolyatorga olinib, udan olingan surtmalar viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi virusologiya laboratoriyasiga yuborilgan.

Ötkazilgan virusologik tahlilda bemorda COVID-19 infektsiyasiga musbat natija aniqlangan. Uşbu tahlil natijasini tasdiqlaş uçun Respublika SEO agentligiga yuborilgan.

Laboratoriya natijasi asosida bemor tez tibbiy yordam maşinasida viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida alohida boksga joylaştirildi. Şuningdek, bemor bilan muloqotda bölgan fuqarolar ham viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga joylaştirildi.

Şu vaqtga qadar viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida karantin nazoratida bölgan fuqarolar zudlik bilan boşqa muassasaga köçirib ötkazildi.

Hozirda bemor belgilangan standartlar asosida davolanmoqda. Uning ahvoli yaxşi.

Viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi fuqarolarimizdan karantin qoidalariga rioya qilib, uydan çiqmaslik, jamoat joylarida töplanmaslik, şaxsiy gigiyena kabi qoidalarga qatʼiy amal qilişlarini sörab qoladi.

Qayd etilişiça, bugunga qadar Samarqandda jami karantinga olingan fuqarolar 3913 nafarni taşkil etadi. Şundan 1191 nafari statsionar şaroitida nazorat ostiga olingan.

×