Nazarboyev xalqqa murojaat qildi

Nazarboyev xalqqa murojaat qildi

Qozoğistonning Birinçi Prezidenti – Elboşi Nursulton Nazarboyev xalqni Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev atrofida birlaşişga çaqiradi. Bu haqda uning Matbuot kotibi Aydos Ukibay maʼlum qildi.

“Elboşi barçani hozirgi qiyinçiliklarni yengib ötiş va mamlakatimiz yaxlitligini taʼminlaş uçun Qozoğiston Prezidenti atrofida birlaşişga çaqiradi”, deydi Matbuot kotibi.

Aydos Ukibayga köra, Nursulton Nazarboyev Qozoğistonga döst bölgan davlatlarning rahbarlari bilan bir neça bor telefon orqali muloqot ötkazgan. Ammo bu qaysi mamlakatlar ekaniga aniqlik kiritmagan. 

Eslatib ötamiz, Elboşi Nursulton Nazarboyevning sobiq saroyiga öt qöyilgan, haykallari qöporilgan. U Xavfsizlik kengaşi raisi lavozimini ham vorisi Töqayevga topşirgan.

Sönggi maʼlumotlarga köra, u ayni vaqtda Nur-Sultonda bölib turibdi. Uning oila aʼzolari bilan mamlakatni tark etgani haqidagi gaplar tasdiğini topmadi.

×