Samarqandda 61 yoşli Nurali Musinov egasiz qolgan ZIL rusumidagi benzin taşuvçi yuk maşinasini töxtatib qoldi va ulkan fojeaning oldini oldi. Bu haqda uning qarindoşi Şavkat Musinov Facebook ijtimoiy tarmoğida yozib qoldirgan.
«Bu holat Söğdiyona massivida röy berdi. Amakimning ismi-şarifi Nurali Qurbonoviç Musinov. U odatiy kunlarning birida Ali Quşçi köçasidagi temir yöl ötiş qismi ortida joylaşgan uylar oraliğidan öz maşinasida çiqadi. Şu vaqt u tösatdan benzin taşiydigan Zil-131 rusumidagi yuk maşinasi tibbiyot kolleji tomon ğalati harakatlanib ketayotganini köradi. Maşinani heç kim boşqarib ketmayotganini körgan amakim özini yöqotib qöymaydi va öz avtomobilini taşlab, yugurib çiqadi», — deya yozadi Şavkat Musinov.
Nurali Musinov bor kuçini işga solib, benzin taşuvçi maşinani quvib yetadi va köplab jarohatlar olganiga qaramay, yurib ketayotgan maşinaga çiqib olişning uddasidan çiqadi. Nurali aka kabinaga amallab ötib olgaç, yuk maşinasini töxtatadi.
Maʼlum bölişiça, benzin taşuvçi yuk maşinasi haydovçisi ikki daqiqaga pastga tuşgan, ammo qaytganidan söng egasiz qolgan avtomobili yöl böylab harakatlanayotganini köradi. Haydovçi maşinani ortidan yuguradi, ammo quvib yetişning uddasidan çiqa olmaydi. U juda qörqib ketgan edi, çunki tsisternada benzin töla bölgan, yöl böyida esa bir neça maşinalar töxtab turgandi. Tuğruqxona köçasida odamlar bölgan. Agarda 61 yoşli Nurali Musinovning jasorati bölmaganda bölajak fojeaning kölamini tasavvur etişga ham qörqadi odam.
«Bunday qahramonlikni odatda faqat Gollivud filmlarida köriş mumkin, oğir harakatlarni esa kaskadyorlar bajaradi. Bu yerda esa oddiy, hamma qatori bir odam oğir vaziyatga tuşib qolganda özini öylamay, jasorat va fidokorlik namoyiş etdi. U barçasi öziga boğliq ekanini tuşunib turgan edi.
Afsuski şu örinda yana bir narsani taʼkidlab ötiş lozim, fojea röy berişi mumkin bölgan öşa holat kuppa-kunduz kuni röy berdi. Atrofda esa tomoşatalab odamlar xotirjamlik bilan hammasini kuzatib turişgan edi», — deya holatga baho beradi Şavkat Musinov.
SAMARQAND QAHRAMONLIK
Samarqandlik 61 yoşli fuqaro benzin taşuvçi maşinani töxtatib, katta fojeaning oldini oldi









